
Shou “Manchester Yunayted”ning ichki “sirlari”ni olib tashladi
O‘tgan mavsumni barbod qilgan “Manchester Yunayted”ning tajribali himoyachisi Lyuk Shou so‘nggi yillarda jamoaning ichki muhiti buzilgani va bosh murabbiy Ruben Amorim vaziyatdan chiqish uchun nimalar qilayotgani haqida gapirib berdi.
- Atrofdan ham nimalar bo‘layotganini ko‘rish, bilish unchalik qiyin emas. Klub ichidagi muhit zaxarlangan, sog‘lom emas. Bizga sog‘lom, ijobiy, energiyaga boy va quvonchga to‘la muhit kerak. Bu kabi ijobiy hissiyotlar bo‘lsa, sen o‘zingni ancha erkin tuta olasan.
Ruben Amorim o‘z talablarini qo‘ydi. Mentalitet – muhim omil. Bosh murabbiy shu haqida ko‘p gapiradi.
U ishga o‘zimizni 100 foiz bag‘ishlashimizni talab qilyapti. Kimlarda 80-90 foiz kuchini sarflayotgani etarli bo‘lmaydi. Endi sen nimanidir noto‘g‘ri qilgan bo‘lsang, demak maydonga tushmaysan.
Tajribali o‘yinchilar kundan kunga talabni oshirib borishi kerak. Mashg‘ulotlar darajasi, tartib-intizom kuchayib borishishart. Murabbiy uchun hamma bir xil, o‘yinchilar teng. Shunday bo‘lish kerak aslida.
Biz so‘zsiz murabbiy talablarini bajarishimiz lozim, - dedi Lyuk Shou.
Fikrlar