
Shomurodovning raqobatchisi La Liga klubiga o‘tmoqda
"Roma" hujumchisi Karles Peres "Selta"ga o‘tishga yaqin turibdi, deb xabar beradi “Tuttosport” nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 24 yoshli futbolchi ispan klubi bilan shartnoma borasida kelishib olgan. Transfer tez orada rasman ma’lum qilinadi.
Hozircha transfer shartlari ma’lum emas.
O‘tgan mavsumda Peres "Roma"ning barcha musobaqalar doirasidagi 28 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan. “Transfermarkt” portali ispaniyalik futbolchining narxini 6 million evroga baholamoqda.
Fikrlar