
Shomurodovning jamoadoshi Saudiya Arabistoni klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin
"Roma" klubi va Jazoir terma jamoasi yarim himoyachisi Ussem Auar faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi.
Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, ushbu shartnoma yaqin orada imzolanishi mumkin. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar esa yakuniy bosqichga kelgan. Jazoirlik futbolchi "Al-Ittihod" bilan 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan kelishuvni imzolaydi.
Ussem Auar “Roma” safiga o‘tgan yilning iyul oyida Frantsiyaning "Lion" klubidan erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. 26 yoshli yarim himoyachi o‘tgan mavsum “bo‘rilar” safida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Ussem Auarning narxi 10 million evro. Futbolchining "Roma" bilan amaldagi shartnomasi esa 2028 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar