
Shomurodovning izdoshi bo‘lishi kutilgan hujumchi kelmaydi. "Jenoa" transferi barbod bo‘ldi!
Sports.uz e’tiboringizga xorij matbuoti Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Jenoa” klubi faoliyatiga doir xabar va ma’lumotlarda havola qilishda davom etadi.
Ertaga ikkinchi o‘yin va Eldor yana gol urishi kerak!
Mavsumga Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini orqali tayyorgarlik ko‘rayotgan “Jenoa” futbolchilari birinchi nazorat o‘yinida “Shtubay” jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etgani va birinchi golni Eldor Shomurodov urgani haqida xabardorsiz.
“Jenoa” navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinini ertaga Avstriya chempionati vakili “Vakker Insbruk” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvda ham legionerimizdan gol kutib qolamiz.
Genuyaliklar Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 24 iyul kuni yakunlab, shu kunning o‘zda Frantsiyaga yo‘l oladi va PSJ bilan o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashadi.
“Jenoa” transferi barbod bo‘ldi!
Genuya klubi ukrainalik hujumchi Vladislav Supryagaga xaridor bo‘layotgani haqida xabarlar taqatilayotgan edi. Avvalroq, Eldor Shomurodovning A Seriyadagi muvaffaqiyatli ishtirokidan so‘ng, genuyaliklar MDH hududidan etishib chiqayotgan futbolchilarga e’tibor qarata boshlagani aytilgandi.
Biroq, “Jenoa” bu transferdan voz kechadigan bo‘ldi. Bunga asosiy sabab sifatida “Dinamo Kiev” rahbariyati 21 yoshli futbolchi uchun 15 million evro tovon puli talab qilayotgani ko‘rsatilmoqda.
Shu bois, Davide Ballardini e’tiborini “Atalanta” vakili Sem Lammersga qaratmoqda. Bu klub A Seriyada bir yil o‘ynab, ham tajriba to‘plagan, ham o‘zini ko‘rsata olgan niderlandiyalik hujumchi uchun kievliklardan besh million kam so‘ramoqda.
“Jenoa” kutgan Evro qahramonini turklar ilib ketdi
Evropa chempionatida Shvetsiya darvozasiga urgan goli bo‘lib e’tiborga tushgan ukrainalik hujumchi Artyom Dovbik Turkiyadan qo‘nim topishga yaqin turibdi.
O‘ziga yangi hujumchi qidirayotgan “Trabzonspor” rahbariyati “Dnepr-1” jamoasiga hujumchi uchun besh million evro to‘lashga tayyor.
Avvalroq, Davbikka “Jenoa” ham xaridor bo‘lgandi. Biroq, ukrainaliklar genuyaliklardan bu futbolchi uchun 10 million evro talab qilgani tufayli transfer muzokaralari to‘xtab qolgandi.
“Jenoa” qariyadan voz kecholmadi
“Jenoa” rahbariyati 36 yoshli yarim himoyachi Valon Bexrami bilan amaldagi shartnomani bir yilga uzaytirganini oasman e’lon qildi. Endi shvetsariyalik futbolchi 2022 yilning yarmigacha genuyaliklar safida to‘p suradi.
Bexrami “Jenoa” safiga 2020 yili qo‘shilgan edi. Yakunlangan mavsumda u A Seriyada 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi, lekin golli vaziyatlarda ishtirok eta olmadi. Bexrami Faoliyati davomida “Latsio”, “Vest Xem Yunayted”, “Fiorentina”, “Napoli”, “Gamburg”, “Uotford”, “Udineze”, “Son” kabi klublar sharafini himoya qilgan. 2005-2018 yillar davomida terma jamoa a’zosi bo‘lgan.
Ballardini “Yuventus” futbolchisi uchun navbatda turibdi
“Yuventus” yozgi transferlar vaqtida Janluka Frabottani boshqa jamoaga o‘tkazib yuborishni ko‘zlamoqda.
Iste’dodli himoyachini o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan jamoalar qatorida “Jenoa”, “Atalanta”, “Verona”, “Trabzonspor” bor.
O‘tgan mavsumda turinliklar safida 17 ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urgan va bitta golli pas bergan himoyachiga bosh murabbiy Massimiliano Allegri yangi chempionatda imkon bermasligini aytdi.
Shu bois, klub uni sotib yuboradi!
Fikrlar