
Shomurodovning goli "Jenoa"ga mavsumni g‘alaba bilan yakunlashiga xizmat qildi (video)
Hamyurtimiz Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Jenoa” Italiya A Seriyasining so‘nggi 38-turida o‘z maydonida “Kalyari”ni qabul qildi.
Shu kuni Eldor uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. O‘zbekistonlik futbolchi tomonidan kiritilgan yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi va “Jenoa” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar