Shomurodovni transfer qilamiz!

  • 21 aprel, 2024, 08:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya futbolini yoritib borayotgan CENTOTRENTUNO.COM sayti “Kalyari” muxlislari o‘rtasida Eldor Shomurodov bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi. Futbol ishqibozlaridan o‘zbek legionerini to‘liq transfer qilinishi bo‘yicha o‘z munosabat bildirishlari so‘raldi.

Tecno

CENTOTRENTUNO.COM sayti ekspertlari sardiniyalik muxlislarning hamyurtimizga bo‘lgan munosabati keskin o‘zgarganini ta’kidlamoqda.

- Shomurodov ikki oydan ko‘proq maydondan tashqarida qolgani muammo  tug‘dirishi tahmin qilingandi. Biroq Eldor kutilmagan ishga qo‘l urib, “Kalyari”ni xavfli hududdan uzoqlashtirgan asosiy figuraga aylandi. So‘nggi uchrashuvlardagi uchta goli, bitta assisti hamda faol o‘yini shundan dalolat bermoqda.

Bir necha oy oldin esa klubda Shomurodovni to‘liq transfer qilish istagi yo‘q edi. Endi bu transfer dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Shuning uchun tahririyatimiz bu futbolchini “Roma”dan to‘liq transfer qilish borasida muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma tashkil qildi.

Albatta, bu transfer amalga oshirilishi uchun “Kalyari” yuqori diviziondagi joyini saqlab qolishi shart. 19 aprel kuni yakunlangan so‘rovnoma natijalari ma’lum bo‘ldi, - deb yozdi centotrentuno.com sayti.

Manbada keltirilishicha, ovoz berganlarning aksariyati Eldor Shomurodovni “Kalyari”da qolishini istamoqda. Lekin bu guruh ikkiga bo‘lingan.

Ovoz berganlarning 67 foizi “Roma” va “Kalyari” klublari o‘tgan yozda o‘zaro kelishib olgan summani o‘zgartirish lozim, degan taklifni bildirdi. Sardiniyaliklar Shomurodovni ijaraga olganida bir mavsum uchun 1 million evro to‘lagan. Transfer to‘liq amalga oshirilishi uchun yana 9 million evro atrofida qo‘shimcha pul to‘lanishi kerak. “Roma” Shomurodovni qimmat baholash orqali hujumchiga 2021 yili yozda sarflangan 18 million evroning ma’lum bir qismini g‘aznaga qaytarishni mo‘ljallagan.

So‘rovnomada qatnashganlarning 27 foizi o‘zbek legionerini “Roma” belgilangan summaga transfer qilishni ma’qullagan va Shomurodov bu xarajatlarni oqlashiga ishonch bildirgan.

Qolgan 6 foiz respondent O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardoriga ko‘rsatgan xizmatlari uchun minnatdorlik bildirib, klubdan ketishiga ruxsat berish kerak, degan g‘oyani ilgari surgan.

Ekspertlar Eldor Shomurodov keyingi bir oy ichida muxlislar fikrini keskin o‘zgartirib yuborganini ta’kidlamoqda. Qolaversa, “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri ham hujumchimizdagi ijobiy o‘zgarishlarni tasdiqladi.

- Shomurodov tezkor, sifatli va maqsad sari intiladigan o‘yinchi. U o‘z darajasiga qaytdi, - dedi Klaudio Raneri.

“Kalyari” va Eldor Shomurodov o‘zaro hamkorlik masalasini mavsum yakunlanganidan keyin muhokama qiladi.

TsSKAning ikki futbolchisi Evropaga ketishga tayyor. Ular kimlar?

Shomurodovning ustoziga maxsus mukofot topshirildi (foto)
Fayzullaev reytingda peshqadam!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Komil Xorazmiy
19/04/2024 22:41
шома ювентус га камида 1 гол уришинг керак бу сен учун жуда мухум