Shomurodovni ortga qaytarishmoqchi.....

  • 3 yanvar, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

“Kalyari” joriy mavsumda ham Italiya chempionati yuqori divizionida qolish uchun kurashishga majbur bo‘lmoqda. 

Tecno

O‘tgan chempionatda sardiniyaliklar hozir “Roma” vakillari hisoblangan bosh murabbiy Klaudio Raneri va Eldor Shomurodov yordami A Seriyadagi o‘rnini saqlab qolgan edi.

Hozir “Kalyari”ni Davide Nikola boshqarmoqda va bu mutaxassis jamoani xavfli hududdan olib chiqish uchun yanvarda yangi o‘yinchilar olish kerakligini ta’kidlamoqda.

Davide Nikola birinchi navbatda hujum chizig‘idagi muammolarni bartaraf etish kerak. Chunki golsiz natija bo‘lmaydi. “Kalyari” chempionatda eng kam to‘p kiritgan jamoalardn biri. Sardiniyaliklar 18 ta uchrashuvdan teng yarmida maydonni golsiz tark etgan. So‘nggi to‘rtta uchrashuvda Nikola shogirdlari bir marotaba to‘p kirita oldi xolos.

Nufuzli manba – La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, “Kalyari” rahbariyati va murabbiylar shtabi jamoaga foyda keltirishi mumkin bo‘lgan hujumchi sifatida Eldor Shomurodovni tanladi.

- O‘zbek legioneri “Kalyari”ning hujum chizig‘idagi muammolariga yaxshi echim bo‘lishi mumkin. Yozda ijara muddati tugab, Sardiniyadan poytaxtga qaytgan futbolchi “Roma”dagi o‘yin vaqti juda chegaralangan. Bu holat Shomurodovning yanvarda “Kaoyari”ga qaytib, jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirishiga yo‘l ochishi mumkin, - deb yozmoqda italiyalik jurnalist Silvio Salimbene.

“Kalyari”ning Eldorga qiziqishi jiddiy ekanini  bir necha boshqa manbalar ham tasdiqlab, transferga oid munosabatlarni e’lon qilyapti.

- Shomurodov o‘tgan mavsumda Sardiniyani klubi va uning muxlislarida o‘zidan ijobiy taassurot qoldirgan. Mavsumning muhim pallasida o‘z o‘yinlari, gollari va assistlari bilan jamoaning A Seriyada qolishiga hissa qo‘shganini hech kim unutgani yo‘q. O‘zbek futbolchisi Davide Nikola uchun oldingi chiziqdagi bo‘shliqlarni to‘ldirishda yaxshi echim bo‘ladi. Chunki Eldor katta tajribaga ega, jismonan baquvvat va hujumning bir necha pozitsiyada samarali o‘ynay oladigan charm to‘p ustasi, - deb yozmoqda tuttocagliari.net portali.

- “Kalyari” va Eldor Shomurodovning yangi hamkorligi bo‘yicha muzokaralarning qanday kechishi  “Roma”ning o‘yinchi bo‘yicha yakuniy qarori va moliyaviy vaziyatga bog‘liq. Qishki transferlar davri o‘zbek legionerining kelajagini belgilashda muhim palla bo‘ladi. Shomurodov “Kalyari”ga o‘tadigan bo‘lsa, muntazam o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi, - deb yozdmoqda La Gazzetta dello Sport nashri.

- “Kalyari”ga zudlik bilan yangi o‘yinchilar kerak. Hujum chizig‘i gol urolmayapti. Jamoa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyatdan keyin xavfli hududdga tushib qolgan va o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘yishi mumkin.

Klub sport direktori Bonato “Roma”ning zaxiradagi markaziy hujumchisi Eldor Shomurodovni yana Sardiniyaga qaytarishga bel bog‘lagan va tez kunda bu transferni amalga oshirishga kirishadi,  - deb ma’lumot chiqardi La Nuova Sardegna gazetasi.

Eldor Shomurodov o‘tgan mavsumda “Kalyari”da o‘ynab, o‘z hisobiga uchtadan gol va assist yozdirib qo‘ygan edi. Bu gal 29 yoshli hujumchimiz A Seriya va Italiya kubogi doirasida jami 9 ta uchrashuvda ikkita gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
31/12/2024 10:48
Онасини шу Романи пашол
Шома кет
&
Адхамжон Низомов
30/12/2024 23:34
Яхши вариант
&
Olim
30/12/2024 21:53
Omad!
&
Futbollmani
30/12/2024 20:16
Элдор роса эзилди сотса сотсин рома