
Shomurodov "Yuventus"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda (foto)
Boshqa chempionatlarda bo‘lgani kabi, Appenin yarimorolida ham bosh sovrin uchun kurash qizigandan qizimoqda. Joriy mavsum "Skudetto" uchun "Yuventus"dan tashqari, "Inter", "Milan" va "Atalanta" ham jiddiy kurash olib bormoqda.
Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Jenoa" klubi Italiya A Seriyasi 30-turidan o‘rin olgan uchrashuvni "Yuventus"ga qarshi o‘tkazadi. Amaldagi chempion Turin klubi o‘rtamiyona genuyaliklarni mehmon qiladi. Ushbu bahs 11 aprel kuni 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
So‘nggi paytlarda o‘ziga o‘xshamayotgan hamyurtimiz mazkur o‘yinda o‘zini ko‘rsatishi lozim. Sababi, bir necha oy avval unga aynan "keksa senora"dan qiziqish borligi xabar qilingan edi. "Yuve"ga qarshi bahsdagi faol o‘yin yana turinliklar e’tiborining hamyurtimizga qaratilishiga sabab bo‘lishi katta ehtimol.
Shomurodov buni yaxshi his qilgan holda mashg‘ulotlarni boshladi. "Grifonlar" matbuot xizmati ushbu jarayondan fotosuratlarni taqdim etdi.
Fikrlar