
Shomurodov: Yangi chaqiruv
"Roma" safida harakat qiladigan legionerimiz Eldor Shomurodov "Spetsiya" klubi a’zosiga aylandi. Futbolchi mavsum oxiriga qadar spetsiyaliklar safida ijara asosida harakat qiladi.
Ijara summasi 1,5 million evro ekani aytilmoqda. Shuningdek, "Roma" uni mavsum oxirida yana o‘z safiga qaytarib oladi.
Terma jamoamiz etakchisi yangi klubiga ko‘chib o‘tgani borasida instagram sahifasida post joylashtirdi hamda "yangi chaqiruv", deya izoh qoldirdi.
Qayd etish lozim, "Spetsiya"da Shomurodovni sotib olish huquqi mavjud emas.
Fikrlar