
Shomurodov "Roma"dagi debyut golini La Liga klubi darvozasiga kiritdi (videosharh)
Xabaringiz bor, Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" klubi mavsumoldi yig‘inlarini o‘tkazmoqda. Bu safar Mourino boshchiligidagi jamoa "Betis"ga qarshi bahsda maydonga tushdi va 2:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ispanlar safida Rodri, Fekir, Moreno, Telo hamda Robert gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Bo‘rilar" tarkibida esa Eldor Shomurodov ilk o‘yinidayoq debyut golini kiritdi. Shuningdek, hamyurtimiz Manchinining goliga assistni amalga oshirdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar