
Shomurodov mashhur futbolchi bilan to‘p surishi mumkin
“Jenoa” jamoa himoya chizig‘ini tajribali futbolchilar bilan kuchaytirishga qaror qildi.
Avvalroq, genuyaliklar “Arsenal” himoyachisi Sokratisni olishga harakat qilayotgani haqida xabar bergan edik. Endi “Jenoa” o‘z tarkibiga “Arsenal”dan ketishi kutilayotgan yana bir futbolchi - Shkodran Mustafini qo‘shib olmoqchi.
Yozda erkin agentga aylanadigan Mustafi ayni paytda “Barselona” bilan ham muzokara olib bormoqda. Tomonlar kelisha olmasa yoki “Jenoa”ning taklifi futbolchini qoniqtirsa, u holda mashhur himoyachi Genuyaga kelishi mumkinligini aytilmoqda.
Joriy mavsumda mustafi Angliya chempionatida zaxiradan uch marta maydonga tushirildi. Uni “kanonirlar” 2016 yilda “Valensiya”dan 40 million evroga transfer qilgandi.
Fikrlar