
Shomurdovga yangi raqobatchi paydo bo‘lishi mumkin
A Seriyaga qaytgan "Kalyari" tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Yaqindagina o‘z tarkibiga Eldor Shomurodoni qo‘shib olgan sardiniyaliklar yana bitta hujumchi sotib olishni reja qilgan.
Nikola Skira xabar berishicha, "Kalyari" "Montsa"dan Andrea Petanyaga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar tez orada muzokaralarni boshlashi mumkin.
28 yoshli hujumchi Italiyaning bir qator klublaridan to‘p tepgan. Ular orasida "Milan", "Napoli" va "Atalanta" kabi jamoalar ham bor. Petanya o‘tgan mavsum "Montsa" tarkibida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan. Klub uni shu yozda "Napoli"dan 10 millionga sotib olgandi. Shu bilan birga, futbolchi bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolangan.
Fikrlar