
Shohjahon Ergashevning vaznida yangi IBF chempioni aniqlandi (nokaut videosi)
Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) vakant bo‘lib turgan IBF chempionlik kamari uchun Puerto Riko vakili Sabriel Matias va argentinalik Ieremie Ponse jang olib bordi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Minneapolis shtatida joylashgan "Armory" arenasida, PBC kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan jangning 5-raundida Matias raqibini nokdaun holatiga tushurdi. 5-raund yakunidan so‘ng, Ponsening burchagi jangni davom ettira olmasligini bildirdi. Shu tariqa Sabriel Matias IBF yo‘nalishida chempionga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz Shohjahon Ergashev ushbu yo‘nalishda 4-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar