
Shohjahon Ergashevning vaznida WBO chempioni hisoblangan Josh Teylor sobiq jahon chempioni Teofimo Lopesga qarshi jang qiladi
Professional boksning super engil vazn toifasida (63,5 kg) WBO chempioni hisoblangan shotlandiyalik Josh Teylor (19-0, 13 KO) navbatdagi jangini engil vaznda sobiq mutlaq jahon chempioni, AQShlik Teofimo Lopesga (18-1, 13 KO) qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. Ushbu to‘qnashuv 10 iyun kuni Nyu-York shahrida joylashgan "Madison Square Garden" yoki "Hulu Theater" arenasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Jang kechasi Top Rank kompaniyasi tomonidan tashkil etiladi va ESPN kanali orqali translyatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vaznda hamyurtimiz Shohjahon Ergashev ham faoliyat olib bormoqda. Uning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi haqida ma’lumotlar yo‘q.
Fikrlar