
Shohjahon Ergashevning jangini qanday tomosha qilish mumkin?
16 noyabr kuni super engil vazn toifasida (63.5 kg) faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev (18-0) o‘zining navbatdagi jangini belaruslik Dmitriy Milyushaga (9-3) qarshi o‘tkazadi. Jang yarim o‘rta (66 kg) vazn toifasida bo‘lib, 8 raund qilib belgilangan. Bu reyting jangi bo‘lgani uchun bokschiga nisbatan qulay vazn toifasi tanlangan, ammo Shohjahon Ergashev navbatdagi jiddiy janglarini 63.5 kg vaznda olib boradi.
Shu bilan birga yana bir hamyurtimiz Mirzakamol Ne’matov ham o‘zining professional boksda ikkinchi jangini Alisher Ashurovga qarshi o‘tkazadi.
Ushbu boks oqshomi Match TV, Boets TV kanallari orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan. Jang Toshkent vaqti bilan 21:00dan "Boets TV"da 00:40 dan boshlab "Match TV" kanali orqali translyatsiya qilinadi.
Eslatma: Jangning vaqti "Boets TV" va "Match TV" kanali dasturidan kelib chiqib yozildi.
Fikrlar