Shohjahon Ergashev shogirdi MMAda jang qiladi

  • 8 avgust, 2020, 00:24
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Joriy yilning 15 avgust kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida Aralash jang san’atlari (MMA) bo‘yicha xalqaro turnir tashkil etiladi.

Tecno

Unda vazni 70 kilogramm bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi bahslardi hamyurtimiz Temur Saidov qirg‘izistonlik Kanbolot Aytibay o‘g‘li bilan o‘zaro raqobatlashadi.

Shuni ta’kidlash lozimki, 22 yoshli T.Saidov shu kunga qadar MMA musobaqalarida bir marotaba jang o‘tkazib, uni g‘alaba bilan yakunlagan. U o‘zining ikkinchi jangida engilmas professional bokschimiz Shohjahon Ergashev tomonidan asos solingan "Shohjahon Promotions" nomli promouterlik kompaniyasi nomidan ishtirok etadi.

– 15 avgust kuni o‘tishi kutilayotgan navbatdagi jangimga "Shohjahon_gym" klubida jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqdaman. Bo‘lg‘usi raqibimni qanday jang olib borishini jamoamiz bilan o‘rganib chiqdi. MMA sport turi barcha yakkakurash turlarini o‘z ichiga olganligi bois, biz sportchilar har bir mashg‘ulotimizda boks, kikboksing va sport kurashlari bilan shug‘ullanamiz. Fursatdan foydalanib, nufuzli turnirlarda ishtirok etishimda ko‘maklashayotgan Shohjahon Ergashev va murabbiylarimga minnatdorchilik bildiraman.

IMG_9277

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!