Shohjahon Ergashev noyabr oyida qozog‘istonlik engilmas bokschiga qarshi jang qilishi mumkin

  • 12 sentabr, 2020, 08:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ma’lumki, professional boksda mag‘lubiyatsiz odimini davom ettirayotgan Shohjahon Ergashev (18-0, 16 KO)21 sentyabr kuni Sankt–Peterburgda navbatdagi jangini o‘tkazadi. Unga belaruslik Dmitriy Miliusha (9-3-1, 4 KO) raqiblik qiladi.

Tecno

Garchi, ushbu to‘qnashuv bir necha kundan keyin o‘tkazilsa-da, uning promouteri Dmitriy Salita yana yangi raqib bilan muzokara olib borayotgan ekan. Manbalarning ma’lum qilishicha, qozog‘istonlik mag‘lubiyat nimaligini bilamay kelayotgan Botir Jukembaevga yurtdoshimizning promouteri taklif bilan chiqqan. Jukemboev (18-0, 14 KO) tomoni ushbu taklifni o‘rganib chiqmoqda va muzokaralar ijobiy yakunlansa, 19 noyabr kuni Shohjahon Ergashev - Botir Jukembaev qarama-qarshiligini ko‘rishimiz mumkin.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston vakili IBF reytingida 8, WBAda 15 va WBCda 8-o‘rinda qayd etilgan.

shoxx

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!