
Shohjahon Ergashev jangiga oid poster taqdim etildi
Professional boksning super engil vazn toifasida faoliyat yuritadigan Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini 21 sentyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazadi.
Garchi, jang sanasi aniq bo‘lgan bo‘lsa-da, hozircha raqib kim ekani ma’lum emas. Tez orada bunga ham aniqlik kiritiladi. Chunki, jang tashkilotchilari tomonidan yurtdoshimiz jangiga oid poster taqdim etildi.
O‘zbekistonlik "pancher" 18 ta jang o‘tkazib barchasida g‘alaba qozongan va muvaffaqiyatli seriyasini davom ettirmoqda. Mazkur janglarning 16 tasida raqiblarini muddatidan avval mag‘lub etgan.
Fikrlar