Shohasan Mirzamatov Frantsiya vakiliga qarshi oktagonga ko‘tariladi
Xabaringiz bor, 19 dekabr kuni Toshkent shahridagi "Humo arena" majmuasida "Octagon 83" turniri bo‘lib o‘tadi.
E’tiborlisi, kechaning asosiy kardida taniqli MMA ustamiz Shohasan Mirzamatov (15-4) Frantsiya vakili Levi Karriel(7-4)ga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu bahsda frantsuz jangchisi ushbu ligadagi debyutini o‘tkazsa, hamyurtimiz o‘n ikkinchi bor mazkur promoushenda jang qiladi.

Ma’lumot uchun, Mirzamatov "Octagon 79" turnirida, 9 sekund ichida qozog‘istonlik Ruslan Serikpulovni texnik nokaut bilan mag‘lub etgan edi.



Fikrlar