
Shevchenko "Oltin to‘p"ga kimlar loyiq ekanligini aytdi
"Jenoa"ga yaqinda bosh murabbiy sifatida tayinlangan Andrey Shevchenko bu mavsum "Oltin to‘p"ni kim qo‘lga kiritishi va "Roma"ga qarshi bahs borasida fikr bildirdi.
- Birinchi o‘yiningiz Mourinoga qarshi bo‘ladi. Shu haqda nima deya olasiz?
"Roma"ga qarshi uchrashuv borligi yodimda. Men Jozeni qattiq hurmat qilaman. Ruhiy taraflama bu bellashuvga tayyor bo‘lishimiz lozim. Biz o‘zimizga ko‘proq ishonishimiz kerak.
- Sizningcha, bu yil "Oltin to‘p"ni kim qo‘lga kiritadi?
- O‘ylashimcha, Jorjino yoki Messi", deya Andreyning so‘zlarini keltirdi Tribuna.com nashri.
Fikrlar