
Sherzod Temirov "Atletiko" darvozasini ishg‘iol qilgan uchrashuvda "Kitche" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
"Kitche"va "Atletiko" o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bellashuv "matraschilar"ning 6:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mehmonlardan Aleksander Syorlot dubl qayd etgan bo‘lsa, Karlos Martin, Cheuk Pan, Adrian Nino va Toma Lemarlar bittadan gol urgan bo‘lsa, mezbonlarning yagona goli o‘zbekistonlik Sherzod Temirov tomonidan kiritildi. "Kitche" vakillari maydon markazida to‘pni olib qo‘ydi va Temirovga uzatma berdi, hamyurtimiz zarbada adashmadi va raqib darvozasini ishg‘iol qildi. 25 yoshli futbolchi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 68-daqiqada zaxiraga olindi
Ma’lumot uchun, 20-turdan so‘ng 45 ochko jamg‘argan "Kitche" holda 4-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar