
Shensni kechagi seyvlari orqali "Barselona" darvozabonlari orasida yangi rekord o‘rnatdi
Voytsex Shensni "Benfika"ga qarshi o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlagan holda, 8 ta seyv amalga oshirdi. Bu 2003 yildan beri "Barselona"ning istalgan darvozabonlari ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.
Xabaringiz bor, UEFA Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichida “ko‘k-anorranglilar” Portugaliyaning “Benfika” klubi bilan kuch sinashib, kichik 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mazkur bellashuv davomida polshalik darvozabon bironta ham gol o‘tkazmasdan 8 ta seyv amalga oshirdi. Ushbu natija 2003/2004 yildan buyon kataloniyaliklarning posbonlari ichidagi eng yaxshi ko‘rsatkich hisoblanadi.
“Yuventus” sobiq futbolchisining kechagi bahsda amalga oshirgan samarali harakatlarini mashhur "Sofascore" portali 9.5 ballga loyiq ko‘rdi. Shu bilan birga, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb ispaniyalik yarim himoyachi Pedriga berilgan bo‘lsada, xavbek bellashuvdan so‘ng intervyusi davomida ushbu sovringa Shensni ko‘proq loyiqligini ta’kidlab, sovrinni unga berishini aytdi.
Ma’lumot o‘rnida, Voytsexning “Barsa” bilan shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar