
"Shaxtyor" ustoziga A Seriya grandlari qiziqmoqda
Ukrainaning "Shaxtyor" klubi bosh murabbiyi Paulu Fonseka faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Ma’lumotlarga qaraganda 46 yoshli portugaliyalik mutaxassisni Jennaro Gattuzo va Klaudio Ranerilarni ishdan olgan "Milan" va "Roma" klublari o‘z safida ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Fonseka “konchilar”ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar