Shaxrom Samiev: "Ijobiy natijaga erishish uchun hamma narsani qilamiz"

  • 7 sentabr, 2024, 13:30
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, "Andijon" jamoasi legioneri Shaxrom Samiev Tojikiston terma jamoasi safida Malayziyada “Merdeka Cup-2024” xalqaro mini musobaqasida ishtirok etmoqda.

Tecno

Yarim finaldan boshlangan turnirda tojikistonliklar Livanga 1:0 hisobida yutqazib qo‘ygandi. Ertaga esa Kuala-Lumpurdagi “Bukit Jalil” stadionida 3-o‘rin uchun Samiev va uning jamoasi Filippinga qarshi maydonga tushishadi.

Bugun uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi bilan birga “Andijon” hujumchisi Shaxrom Samiev ham ishtirok etdi va quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

"Ertangi uchrashuvda biz faqat g‘alaba qozonish uchun o‘ynaymiz. Shuning uchun bu uchrashuvga jiddiy qarayapmiz. Filippin terma jamoasi FIFA reytingida bizdan pastroqda joylashgan bo‘lsa-da, raqibimiz ancha malakali hamda tajribali. Ularning ko‘plab futbolchilari Evropada to‘p surishadi. Bizni qiyin o‘yin kutayotganini tushunib turibmiz. Ammo o‘z o‘yinimizni ko‘rsatish va ijobiy natijaga erishish uchun hamma narsani qilamiz", - deydi Samiev.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!