
Shaxmat. Poytaxtimizda mukofot jamg‘armasi 20 ming AQSh dollarini tashkil etadigan xalqaro musobaqa o‘tkaziladi
Joriy yilning 12-15 may kunlari Toshkent shahrida shaxmat bo‘yicha Amir Temur Sohibqiron kubogi II xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 20 000 AQSh dollarini tashkil qiladi. Musobaqa shveytsarcha tizimda 9 turda o‘tkaziladi.
Ta’kidlash kerakki, Amir Temur Sohibqiron kubogi turnirining dastlabkisi o‘tgan yili Samarqand shahrida tashkil etilgan edi.
Fikrlar