
Shaxmat. O‘zbekiston tarixda ilk bor yigirmatalikka kirdi
Bundan roppa-rosa bir yil oldin mamlakatimiz jahon reytingida 31-o‘rinni egallab turgan edi. 2021 yil 14 yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4954-sonli qarori bilan tasdiqlangan shaxmatni rivojlantirish davlat dasturiga ko‘ra, O‘zbekistonning shaxmat bo‘yicha jahon reytingidagi o‘rnini mustahkamlash va 2025 yilgacha kuchli o‘ntalikka kirish vazifasi belgilangan edi. 2022 yilgi natijalar esa 19-o‘ringa ko‘tarilish uchun zamin yaratdi.
Dunyo reytingini mos ravishda AQSh, Rossiya va Xitoy davlatlari boshqarib borishmoqda. Reytingda O‘zbekiston dunyo shaxmatida o‘z o‘rniga va natijasiga ega bo‘lgan Gruziya, Serbiya, Eron, Italiya, Bolgariya, Ruminiya, Kuba, Turkiya kabi davlatlardan yuqori pog‘onani band qilib turibdi.
Quyida jahon reytingining hozirgi holati bilan tanishing:
Fikrlar