
Shaxmat. Osiyo chempionatida blits bahslari yakunlandi. Ko‘plab shaxmatchilarimiz o‘zlarining reyting ballarini yaxshilab oldi (To‘liq ma’lumot)
Joriy yilning, 6–16 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tishi haqida avvalroq xabar bergandik.
Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi ham munosib ishtirok etmoqda. Bugun erkaklar va ayollar o‘rtasida blits bahslari yakunlandi. 9-turdan iborat ushbu bahslarda erkaklarimiz quyidagi o‘rinlarni band etishdi
1. Ivan Zemlyanski (FIDE) - 8 ball;
2. Sina Muvahed (Eron) - 7.5 ball;
3. Rudik Makaryan (FIDE) - 7 ball;
19. Muhammadzohid Suyarov (O‘zbekiston) - 6 ball;
25. Muhiddin Madaminov - 5.5 ball;
32. Humoyun Bekmurodov - 5 ball;
39. Asrorjon Omonov - 5 ball;
53. Bahrom Bahrillaev - 4.5 ball;
77. Oriyat Obidjonov - 3.5;
79. Saidxon Oshiqmamatov - 3.5;
87. Asilbek Abdulazizov - 3.
Qayd etish lozim, ushbu turnirdagi ishtirok orqali shaxmatchilarimiz o‘zlarining reyting ballarini ham yaxshilab olishdi. Jumladan:
Saidxon Oshiqmamatov - +84;
Asilbek Abdulazizov - +81.2;
Oriyat Obidjonov - +60.4;
Bahrom Bahrillaev - +23.2;
Humoyun Bekmurodov - 11.04;
Muhammadzohid Suyarov +2.6.
Bundan tashqari, ayollar o‘rtasida ham blits bahslari yakunlandi. Unda Afro‘za Hamdamova boshchiligidagi ayollarimiz munosib ishtirok etib, quyidagi o‘rinlarni egallashdi:
1. Aloa Nurman (Qozog‘iston) - 7.5 ball;
2. Valentina Gunina (FIDE) - 7.5 ball;
3.Yuxin Song - (Xitoy) - 7 ball;
12. Afro‘za Hamdamova - (O‘zbekiston) 6 ball;
15.Madinabonu Halilova - 5.5;
20. Nilufarxon Imomqo‘zieva - 5.5 ball;
22. Umida Omonova - 5.5 ball;
30. Asal Salimova - 5 ball;
43. Nafisa Mo‘minova - 4.5 ball;
44. Nodira Nodirjonova - 4 ball;
47. Gulruhbegim Tohirjonova - 4 ball;
55. Odina Olimova - 4 ball;
56. Mohim O‘rozmuhammedova - 4 ball;
59. Zilola Aktamova - 3.5 ball;
60. Barchinoy Shokirjonova - 3.5 ball;
62. Ruqiya Olimova - 3.5 ball;
63. Marjonva Malikova - 3.5 ball;
Ularning ham ko‘pchiligi blits bahslaridagi ishtiroki orqali o‘zlarining reyting ballarini yaxshilab olishdi.
Nilufarxon Imomqo‘zieva - +150.4;
Madinabonu Halilova - 133.2;
Barchinoy Shokirjonova - +64;
Odina Olimova - 63.2;
Asal Salimova - +55;
Ruqiya Olimova - +32;
Nodira Nodirjonova - 21.6;
Mohim O‘rozmuhammedova - +7.8;
Zilola Aktamova - +7.6.
Fikrlar