Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov 150 ming dollar yutib olishi mumkin!

  • 29 oktabr, 2022, 14:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov “Fischer Random World Championship-2022” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Tecno

Iste’dodli shaxmatchimiz bugun yarim finalda AQSh vakili hisoblangan Xikaru Nakamuraga qarshi dona suradi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.

Ushbu qarama-qarshilikni chess24.com sayti orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqaning ikkinchi yarim final bahsida norvegiyalik Magnus Karlsen rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, “Fischer Random World Championship-2022” musobaqasining umumiy sovrin jamg‘armasi 400 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Unda kuchli 8 talikka kirgan shaxmatchilar quyidagicha mukofotlanadi:

1-o‘rin: 150.000$
2-o‘rin: 85.000$
3-o‘rin: 55.000$
4-o‘rin: 40.000$
5-o‘rin: 25.000$
6-o‘rin: 20.000$
7-o‘rin: 15.000$
8-o‘rin: 10.000$

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
29/10/2022 16:00
Оллох кулласин. Омадини берсин.
&
Abrorm
29/10/2022 15:34
Omad