Shavkat Mirziyoev: "Javohir, oilang qanday quvongan bo‘lsa, men ham shunday quvondim"

  • 26 noyabr, 23:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Prezident Shavkat Mirziyoev shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindarov bilan telefon orqali so‘zlashib, uni tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi.

Tecno

Javohir: Assalomu alaykum, muhtaram Prezident!

Prezident: Javohir, o‘g‘lim, seni bu ulug‘ g‘alaba bilan tabriklayman! Yangilangan O‘zbekistonning farzandi butun dunyoga nimaga qodir ekanini ko‘rsatganidan juda faxrlanaman. Butun yo‘ling yorug‘ bo‘lsin! Oilang qanday quvongan bo‘lsa, men ham shunday quvondim. Kelajakdagi muvaffaqiyatlaringning guvohi bo‘lish nasib etsin. Tabriklayman!

Javohir: Rahmat, muhtaram Prezident. Bu — o‘zbek shaxmatchilarining muvaffaqiyatlaridagi faqat boshlanish xolos. Alloh xohlasa, jahon taxtini ham yurtimizga olib kelamiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat!

Prezident: Alloh xohlasa, niyatlaring amalga oshsin. Rahmat, o‘g‘lim! Men minbarda nutq so‘zlayotgan paytimda sening natijang haqida xabar keldi va buni butun respublikaga e’lon qildim.

Javohir: Ha, videoni ko‘rdim. Rostini aytsam, juda hayajonlandim. Katta rahmat sizga!

Prezident: Tabriklayman, o‘g‘lim. Bu barchamizga g‘urur bag‘ishlaydi. Bizning o‘zbek yigitimiz bilimi va jasorati bilan shunday natijaga erishdi. Menda shunday farzandim borligidan faxrlanaman. Tabriklayman, o‘g‘lim!

Javohir: Rahmat, rahmat! Alloh xohlasa, yanada katta yutuqlarga erishishga harakat qilamiz. Katta rahmat sizga!

Prezident: Ishonaman. Omad yor bo‘lsin.

Javohir: Rahmat.

Prezident: Uyingga eson-omon etib ol.

Javohir: Rahmat.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!