Shartnomasini yangilagan Saloh antirekord qayd etdi

  • 22 aprel, 19:39
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Lester"ga qarshi o‘yinda ko‘plab qulay vaziyatlarga ega bo‘ldi. Biroq, raqim darvozasini ishg‘ol eta olmadi.

Tecno

"Qizillar" "tulkilar" darvozasiga 10 marta zarba berishdi, ammo faqat bir marotaba gol ura olishdi (1:0). Faqat Salohning o‘zi darvoza tomon etti marta zarba yo‘lladi, afsuski o‘z nomini tabloga yozdira olmadi. Umuman olganda, misrlik futbolchi o‘yinda to‘rtta aniq gol imkoniyatini boy berdi — bu joriy Premer-liga mavsumidagi antirekord takrorlanishi bo‘ldi.

Bungacha bu holat "Chelsi"dan Noni Madueke ("Sautgempton"ga qarshi o‘yinda), "Brentford"dan Yoan Vissa (yana "Sautgempton"ga qarshi), va Salohning o‘zi ("Vest Xem"ga qarshi) bilan ham sodir bo‘lgan edi.

Muhammad Saloh 27 ta gol bilan chempionat to‘purarlik poygasida hali ham etakchilik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!