
"Shalke" joriy mavsumda 3-marta bosh murabbiyni iste’foga chiqardi
Kristian Gross “Shalke” bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Kicker nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, gelzenkirxenliklar shu tariqa joriy mavsumda 3-marta bosh murabbiyni iste’foga chiqardi. Dastlabki ikki turdan so‘ng David Vagner ishdan olingan bo‘lsa, sentyabr oyi oxirlarida Manuel Baum ham jamoa boshqaruvidan ketdi.
“Shalke” rahbariyati shuningdek, jamoaning sport direktori Yoxen Shnayderni ham o‘z lavozimidan ozod etgan.
“Shalke” 23 turdan so‘ng bor yo‘g‘i 1 ta g‘alaba bilan turnir jadvalida so‘nggi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar