
Sevinch Rahimova bronza medal uchun tatamiga chiqadi
Ayni kunlarda BAAning Dubay shahrida karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati qizg‘in davom etmoqda.
Mazkur chempionatda bosh murabbiy Dilnoza Bakirova hamda katta murabbiy O‘ktam Bekpo‘latov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, -75 kgdagi vakilimiz Doston Otabolaev final bosqichiga yo‘l olib, chempionlik uchun tatamiga chiqsa, -55 kgdagi vakilamiz Sevinch Rahimova 3-o‘rin uchun rossiyalik raqibasiga qarshi bahs yuritadi.
Mazkur qarama-qarshiliklar 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Shu o‘rinda, ushbu muhim bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolariga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar