"Sevilya" to‘purarlaridan biri Turkiyaga ko‘chib o‘tmoqda
"Sevilya" hujumchisi En-Nesiri Mourino qo‘l ostidagi "Fenerbaxche"ga o‘tdi.
Avvalroq "Sevilya" o‘zining to‘purari uchun 18+3 million evro miqdoridagi birinchi taklifni rad etgani haqida xabar berilgandi. Ispaniya klubi belgilangan miqdorni 20 million bo‘lishini, keyin esa bonuslar kuchga kirishini talab qildi. Natijada klublar kelishuvga erishishdi.
En-Nesiri 2020 yilning yanvaridan beri "Sevilya"da o‘ynab kelmoqda. To‘rt yarim mavsumda u 196 ta o‘yinda maydonga tushdi, ikki marta Evropa Ligasi kubogini qo‘lga kiritdi va 73 ta gol urib, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar beshligidan joy oldi.



Fikrlar