"Sevilya" MYu futbolchisini ijaraga oldi

  • 3 avgust, 2022, 14:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles faoliyatini La Liga klubida davom ettiradi. 

Taniqlik insayder Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, mankunialiklar 29 yoshli futbolchini "Sevilya"ga 1 yillik ijara asosida qo‘yib yubormoqda. 

Qayd etish lozim, andalusiyaliklarda o‘yinchini to‘liq sotib olish imkoniyati bo‘lmaydi. 

O‘tgan mavsumda Telles APL doirasida 21 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta assist yozdirib qo‘ygan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!