
"Sevilya" Marokash terma jamoasi darvozaboni bilan shartnoma imzoladi
Marokash terma jamoasi va “Jirona” klubi darvozaboni Yassin Bunu faoliyatini “Sevilya”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Bunu o‘tgan mavsumni andalusiyaliklar safida ijarada o‘tkazgan edi. Mana endi u jamoaning to‘laqonli a’zosiga aylandi. U “Sevilya” bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzoladi.
Bunu o‘tgan mavsum “Sevilya” safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar