Serxi Roberto: Messining ketishiga ishonmagandim

  • 23 sentabr, 2020, 14:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” yarim himoyachisi Serxi Roberto argentinalik jamoadoshi Lionel Messining “Kamp Nou”dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlardan havotirga tushganini aytdi.

Tecno

“Men ham "Barselona" muxlislari singari Lionelning jamoani tark etishiga ishonmasdim. Klubni Messisiz tasavvur qila olmayman. Uning biz bilan qolishiga juda umid qilgandim. Leoning haqiqiy professional ekanligini aniq aytishim mumkin. U "Barselona" uchun qo‘lidan kelganicha harakat qiladi”, - deydi ispaniyalik futbolchi.

33 yoshli Messi shu yoz “Barselona”dan “Manchester Siti”ga o‘tmoqchi edi. Ammo kataloniyaliklar rahbariyati unga 700 mln evrolik tovon pulini belgilagach, jamoada yana bir mavsum, ya’ni shartnomasi oxirigacha qolishga majbur bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!