Sergey Bogachuk: "Isroil Madrimov Virjil Ortisdan kuchli va aqlliroq"

  • 22 fevral, 19:35
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Birinchi o‘rta vazn toifasida sobiq vaqtinchalik WBC chempioni Sergey Bogachuk bugun tunda o‘tkaziladigan jangda kimning imkoniyati yuqori ekani haqida gapirdi.

Tecno

"O‘ylashimcha, bu jangda Madrimov g‘alaba qozonadi. U Ortisga qaraganda ancha kuchli. Uning havaskor boksdagi faoliyati ham muvaffaqiyatli chiqqan. Professionalda ham zo‘r odimlayapti. Isroil kuchli va aqlliroq. Virjilga qarshi jang o‘tkazgan bokschi sifatida shuni aytishim mumkin, Ortisning jag‘i zaif. Bekorga uni ikki bor nokdaun holatiga tushirib qo‘ymaganman. O‘ylaymanki, Madrimov bu jangni ko‘rib chiqqan va men aytayotgan kamchiliklariga e’tibor qaratgan. Isroil men kabi chap xuk va o‘ng tomondan beriladigan zarbalarga tayansa, jangda aniq g‘alabaga erishadi. 

Fikrimcha, Madrimov Ortisni jang davomida bir-ikki bor nokdaun holatiga tushirib, yakunda hakamlar qaroriga ko‘ra raqibini mag‘lubiyatga uchratadi. Nokaut ham bo‘lishi mumkin. Buni ham inkor eta olmayman. Bu mening sub’ektiv fiklarim. Men o‘sha jangda Virjilning zarbalarini o‘zimda his qilmagandim. Tana qismim yoki boshimga o‘tkazib yuborgan zarbalar kuchsiz edi. Madrimovning zarbalari esa aksincha, juda kuchli. Agar u yaxshi pozitsiyadan aniq va kuchli zarba bera olsa, jangning muddatidan avval yakunlanish ehtimoli ham yo‘q emas. 

Ortis — yaxshi bokschi, u buni menga qarshi jangda isbotladi. Nokdaun holatlaridan keyin o‘ziga kelib, jangni davom ettira olishi mumkinligini ko‘rsatdi. Unda xarakter bor. Bu Virjilning ijobiy jihatlari. Lekin Madrimov umumiy olganda baribir kuchliroq ko‘rinyapti. Tajriba evaziga u jangda g‘alaba qozonadi" — deya Bogachukning so‘zlarini keltirdi "Boxing Scene".

Eslatib o‘tamiz, ukrainalik bokschi o‘tgan yilning avgust oyida deyarli teng kechgan 12 raundlik jangda Virjil Ortisga hakamlarning qarori bilan (113–113, 112–114, 112–114) yutqazib qo‘ygandi. Dekabrda o‘tkazilishi belgilangan Madrimov - Bogachuk jangi esa hamyurtimizning jarohati sabab bekor qilingandi. 

O‘zbekiston boks federatsiyasidan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!