Sergeev RPL klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda
Yil boshida "Paxtakor" tarkibiga qaytib, ajoyib mavsum o‘tkazgan Igor Sergeevga RPLdan "Krilya Sovetov" qiziqish bildirgan va futbolchi bilan muzokaralar o‘tkazayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Ivan Karpov ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya klubi hujumchiga oyiga 2,5 million rubl maosh va 1,5 million rubl bonus puli bermoqchi, lekin Sergeev tomoninining shartlari boshqacharoq. U 4 million rubl maosh va 3 million rubl bonus puli xohlamoqda. Bu raqamlar esa "Krilya Sovetov"ga to‘g‘ri kelmaydi.
.jpg)
Igor ushbu mavsum "Paxtakor" tarkibida umumiy 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urdi. Shu bilan birgalikda, Superligada mavsum to‘purari bo‘lishga yaqin turibdi.
Ma’lumot uchun, "Krilya Sovetov" aynpi paytda RPL turnir jadvalida 17 ochko to‘plagan holda 11-o‘rinda bormoqda.



Fikrlar