Sen qimmat futbolchisan, deb meni aldashdi!

  • 28 iyun, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik futbolchi Gonsalo Iguain “Arsenal”ga transferi qanday barbod bo‘lganini aytib berdi.

Tecno

- “Napoli”ga o‘tishdan oldin, “Arsenal” bilan shartnoma tuzish imkoni tug‘ilgandi. Biz muzokara o‘tkazdik, lekin ular meni sotib olmadi va Mesut O‘zilni 80 million evroga transfer qildi.

“Arsenal” mutasaddilari menga: “Katta xarajatlarga imkoniyatimiz yo‘q. Sen qimmatbaho futbolchisan”, deyishdi. Shundan keyin men Neapolga yo‘l oldim. Ular ikki kundan keyin Mesut O‘zilni 80 million evroga xarid qildi. Hayratda qoldim, - dedi Gonsalo Iguain.

Argentinalik mashhur hujumchi Evropadagi faoliyati davomida “Real”, “Napoli”, “Yuventus”, “Milan”va “Chelsi”da o‘ynagan. Uning birinchi professional klubi “River Pleyt” hisoblanadi. Gonsalo hozir AQSh chempionatida “Inter-Mayami” klubi sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!