
"Selta" Suaresning transferi bo‘yicha "Barselona"ga rasmiy taklif yubordi
Vigoning “Selta” klubi “Barselona” yarim himoyachisi Denis Suaresning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Kecha ushbu ikki jamoa Ispaniya kubogi doirasida o‘zaro bahs yuritishgan. Sport.es nashrining ma’lum qilishicha ushbu o‘yinga parallel ravishda “Selta” “Barselona”ga Suaresning transferi bo‘yicha taklif yuborgan.
Aytish lozimki, Suarsga shaxsan “Selta” bosh murabbiyi Xuan Karlos Unsuening o‘zi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Aynan ushbu mutaxassis klub rahbariyatidan Denisni sotib olishni so‘ragan.
Fikrlar