
Saudiyalik biznesmen Messi va Ronaldu to‘qnashuvini ko‘rish uchun fantastik summaga chipta sotib oldi
Biznesmen Messi hamda Ronaldu qarama-qarshiligini ko‘rish uchun 2.6 million dollar pul to‘ladi.
19 yanvar kuni PSJ Ar-Riyodda Saudiyaning "Al-Hilol" hamda "Al-Nassr" jamoalarining qo‘shma tarkibi bilan o‘ynaydi. Krishtianu Ronaldu ushbu bellashuv uchun qaydnomaga kiritilgan.
Saudiyalik tadbirkor, "AqarOne" ko‘chmas mulk guruhi bosh direktori Mushref Al G‘amdi o‘yinga VIP chipta sotgan xayriya auktsionida g‘olib chiqdi.
Auktsion dastlab 1 million Saudiya rioli bilan boshlandi. Oxir-oqibat, Al G‘amdi taxminan 10 million rial to‘lab, g‘alaba qozondi.
O‘yin chiptasidan tashqari, Al G‘amdi kiyinish xonasiga kirib, futbolchilar bilan suratga tushishi mumkin. Kim oshdi savdosida tushgan pul xayriya ishlariga yo‘naltiriladi.
Fikrlar