
Saudiya Arabistoni va Qatar Ispaniya Superkubogi mezbonligi uchun 30 mln evro to‘lashga tayyor
Yangilangan formatdagi Ispaniya Superkubogi katta ehtimol bilan Arabiston yarim orolida o‘tkaziladigan ko‘rinadi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ushbu turnirni o‘tkazish uchun Saudiya Arabistoni va Qatar davogarlik qilmoqda. Ular buning uchun Ispaniya qirollik futbol federatsiyasiga 30 mln evro to‘lashga tayyor. Ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘rtasida “Barselona” himoyachisi Jerar Pike o‘rtakashlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ushbu musobaqa 2020 yilning 8-12 yanvar kunlari o‘tkaziladi. Unda “Barselona”, “Real”, “Atletiko” hamda “Valensiya” klublari ishtirok etishadi.
Fikrlar