
Saudiya Arabistoni futbolchilari Argentina ustidan qozonilgan g‘alaba uchun qancha miqdorda mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi
Saudiya Arabistoni terma jamoasi futbolchilari Argentina ustidan qozonilgan g‘alaba uchun qancha miqdorda mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi.
"Shayx, qirol yoki Saudiya futbol federatsiyasi – muhim emas ... Bizda murabbiylar shtabidan Argentina termasi ustidan qozonilgan g‘alaba uchun har bir futbolchi 2,5 million evrodan bonus olgani haqida ma’lumotlar bor", - deya yozib qoldirdi agent Timur Gurtskaya.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni terma jamoasi jahon chempionati doirasida Argentinani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Fikrlar