
Saudiya Arabistoni chempionati. Bugun chempionatni muvaffaqiyatsiz boshlagan Masharipov jamoasi o‘ynaydi
Bugun Saudiya Arabistoni chempionatida 6-tur o‘yinlari start oladi.
Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubi o‘z maydonida "Al-Batin" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:25da boshlanadi.
5-turdan so‘ng bitta o‘yin kam o‘tkazgan "Al-Nassr" 6 ochko bilan 8- o‘rinda bormoqda, 13-o‘rindagi "Al-Batin" hisobida esa 5 ochko mavjud. Avvalroq, riyodliklar muvaffaqiyatsiz natijalardan so‘ng bosh murabbiyini iste’foga chiqargan edi.
Fikrlar