Saudiya Arabistoni chempionati. "Al-Nassr"dan kambek. Masharipov 66 daqiqa o‘ynadi

  • 27 avgust, 2021, 00:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatining 3-turidan o‘rin olgan "Al-Nassr" va "Al-Taavun" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov ushbu bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va 66-daqiqada o‘z o‘rnini Vinsent Abubakarga bo‘shatib berdi.

Uchrashuvning 89-daqiqasida Kaku penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Masharipov o‘rniga maydonga tushgan Abubakar oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 

98-daqiqada Hamdallah 11 metrlik nuqtadan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 114-daqiqada marokashlik hujumchi hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!