
Saudiya Arabistoni chempionati. "Al-Nassr" safarda mag‘lub bo‘ldi. Masharipov esa ...
Saudiya Arabistoni chempionatining 2-turidan o‘rin olgan "Al-Faysali" va "Al-Nassr" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 8-daqiqasida Taliska mehmonlarni oldinga olib chiqdi, keyinchalik Tavaresh dublga erishib, jamoasining g‘alabasini taminladi.
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va 84-daqiqada o‘z o‘rnini Al Gannamga bo‘shatib berdi.
Fikrlar