Saudiya Arabistoni chempionati. "Al-Nassr" qiyin g‘alabaga erishdi. Masharipov esa ...

  • 23 sentabr, 2021, 22:37
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatining 6-turidan o‘rin olgan "Al-Nassr" va "Al-Batin" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Mazkur bahsda maydon egalari minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Tecno

Uchrashuvdagi yagona gol riyodliklarning braziliyalik futbolchisi Anderson Taliska tomonidan kiritildi. Legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi.

Ushbu g‘alabadan keyin "Al-Nassr" ochkolar sonini 9taga etkazib, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Shuningdek, klub ixtiyorida yana bir zaxira o‘yini bor.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Nevajno
23/09/2021 22:45
Яхши уйнади хавфли вазиятла видеоси Uzbekistan Legioners телеграм каналида бор