Saudiya Arabistoni chempionati. "Al-Nassr" o‘z maydonida autsayderga mag‘lub bo‘ldi

  • 24 oktabr, 2021, 22:05
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistoni chempionatining 9-turidan o‘rin olgan "Al-Nassr" va "Al-Ittifoq" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda mehmonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Bellashuvdagi yagona gol 75-daqiqada Kiss tomonidan urildi. Futbolchi 11 metrlik nuqtadan zarba yo‘llashda adashmadi. Riyodliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq o‘ynadi.

Ma’lumot uchun, "Al-Ittifoq" ushbu g‘alabadan keyin 10 ochko bilan 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 6-o‘rindagi "Al-Nassr" turnir jadvalida yuqorilash imkoniyatidan foydalana olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
25/10/2021 00:59
ОЧЛ даги аламли мағлубият таъсири бу. Омад Жалоллиддинга ва жамоасига.