
Sarri "Yuventus"ning 2 nafar yarim himoyachisini tarkibda ko‘rishni xohlamayapti
"Yuventus" klubining yangi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri 2 nafar yarim himoyachini jamoada ko‘rishni xohlamayapti.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Sami Xedira va Blez Matyuidi 60 yoshli mutaxassisning yangi mavsum rejalariga kirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq germaniyalik futbolchiga "Beshiktosh", frantsiyalik futbolchiga esa "Monako"dan qiziqishlar mavjudligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Xediraning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar, Matyuidiniki esa 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar