Sarri "Yuventus" bilan shartnomani bekor qilishdan bosh tortmoqda

  • 25 noyabr, 2020, 20:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mauritsio Sarri 2019 yilning yozida “Yuventus” bosh murabbiyi bo‘lgan va klub bilan 3 yillik shartnoma imzolagan edi. Ammo oradan bir mavsum o‘tib, uni iste’foga chiqarishdi. Shunga qaramay, uning shartnomasi bekor qilingani yo‘q.

Tecno

“Fiorentina” Sarriga qiziqish bildirgan paytda “keksa sinora” Mauritsio bilan ushbu kelishuvni bekor qilishga yaqin edi. Lekin florentsiyaliklar Sarri bilan til topisha olmadi va natijada uning “Yuventus” bilan shartnomasi o‘z kuchida qoldi.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ishsiz yurgan Sarri hozirda “Yuve” bilan shartnomani bekor qilishdan bosh tortmoqda. Agar unga qaysidir jamoadan taklif bo‘lsa, vaziyat o‘zgarishi mumkin. Biroq u mavsum o‘rtasida biror jamoa boshqaruvini qo‘lga olmoqchi emas.

2021 yilning yozida “Yuventus” Sarri bilan shartnomani bekor qilish huquqiga ega bo‘ladi va unga 2,5 mln evro tovon puli to‘laydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!